English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zulfiya ijodi yoshlarga ibrat
12:14 / 2026-03-01

1-mart – atoqli shoira Zulfiya tavallud topgan kun

O‘zbekiston xalq shoirasi, taniqli jamoat arbobi Zulfiya Isroilova tavalludining 111 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi Buxoro viloyat kengashi tashabbusi asosida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. 

Tadbirda partiya viloyat kengashi raisi o‘rinbosari Gulchehra Sharipova, Buxoro davlat universiteti professori Dilrabo Quvvatova shoira Zulfiya hayoti va ijodi, uning o‘zbek madaniyati tarixida tutgan yuksak o‘rni haqida so‘zladi. Zulfiya nafaqat adabiyot maydonida, balki jamoatchilik faoliyatida ham faol bo‘lib, jamiyatda ayollar mavqeini yuksaltirish, ma’naviyatni rivojlantirish yo‘lida fidokorona xizmat qilgan. 

U o‘zining ibratli hayoti, faol fuqarolik pozitsiyasi, Vatanga sadoqati va yuksak insoniy fazilatlari bilan ko‘plab avlodlarga ma’naviy namuna bo‘lib kelmoqda. Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindorlari Gulnora To‘xtamishova va Gulzoda G‘ayratova atoqli shoiraning xotirasini abadiylashtirish maqsadida ta’sis etilgan davlat mukofotining jamiyatdagi ahamiyati, mukofot iste’dodli yoshlarni kashf etish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishda muhim o‘rin tutayotgani haqida gapirdilar. Tadbirda Zulfiyaxonim ijodiga mansub she’rlar o‘qildi, shoira she’rlari asosidagi qo‘shiqlar yangradi. 

Zarif Komilov, O‘zA