Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zulfiya ijodi tarannum etildi
04:58 / 2023-03-01

FOTOREPORTAJ

Bahorning ilk kunida taniqli jamoat arbobi, sadoqat va vafo kuychisi, O‘zbekiston xalq shoirasi Zulfiyaxonim tavallud sanasi keng nishonlanadi. Mazkur muborak sana munosabati bilan Navoiy viloyati Karmana tumanidagi 20-umumta’lim maktabida “Men o‘zbekning Zulfiyasiman” mavzusida adabiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

[gallery-10745]

Tadbirda ilm maskanining iste’dodli o‘quvchilari tomonidan sahna ko‘rinishlari, dilbar raqslar ijro etildi. Shoira qalamiga mansub she’rlar o‘qildi.

Bahor va go‘zallik, nafosat va ulug‘vorlik, sadoqat tuyg‘ularini o‘z she’rlarida tarannum etgan Zulfiyaxonim ijodi bugun tom ma’noda o‘zbek adabiy muhitida benazir o‘rin tutadi. bugungi adabiy tadbirda ham shoiraning boy adabiy merosi va unda aks etgan ezgu fikrlar xususida keng so‘z yuritildi.

 

Siroj ASLONOV(surat),O‘zA