Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zukko xotin-qizlar «Zakovat»da bellashdi
19:14 / 2023-03-03

8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Samarqand viloyatidagi ta’lim muassasalari, korxona-tashkilotlarda mehnat qilayotgan, ta’lim olayotgan xotin-qizlardan tuzilgan jamoalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan o‘tkazilayotgan “Xotin-qizlarni e’zozlash haftaligi” doirasida Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, “Zakovat intellektual klubi” NNT hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamkorligida tashkil etilgan intellektual o‘yinda 27 jamoa g‘oliblik uchun o‘zaro bellashdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, “Afrosiyob”, “SamDU AL” hamda “Talaba qizlar” jamoalari 1-, 2-, 3-o‘rinlarni egallab, xotin-qizlar o‘rtasida o‘tadigan “Zakovat” intellektual o‘yining respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

[gallery-10796]

Alisher ISROILOV (surat), O‘zA