FOTOREPORTAJ
Farg‘ona shahrida «Hamshira – 2025» ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Bu safargi hamshiralar bellashuvida shahar va tumanlarda mutlaq g‘olib bo‘lgan 20 nafar ishtirokchi o‘zaro bahs yuritdi.
Zukko, shijoatli hamshiralarning har bir shart bo‘yicha chiqishlari hakamlar hay’ati tomonidan adolatli baholab borildi. Ularning nafaqat kasbiy ko‘nikmalari, ijodkorligi, balki siyosiy savodxonligiga ham diqqat qaratildi.
Eng yuqori ball to‘plagan Beshariq tumani markaziy shifoxonasining reanimatsiya bo‘limi hamshirasi Husnida Turdaliyeva birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.
[gallery-22887]
Dang‘ara tumani markaziy shifoxonasi reanimatsiya bo‘limi hamshirasi Irodaxon Xalilova va Farg‘ona tumani markaziy shifoxonasi qabul bo‘limi hamshirasi Yulduzxon Kenjayeva keyingi o‘rinlarga munosib topildi.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA