Qadimda yurtimizda To‘maris, Qurbonjon Dodxoh kabi mard va jasur sarkarda ayollar, mohir harbiylar ko‘p bo‘lgani manbalarda qayd etilgan.
Ba’zi ayollar yurt tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash maqsadida jang maydoniga chiqish uchun o‘zlarini erkaklar ismi bilan tanishtirishgan, kiyimlarini harbiy erkaklar libosiga almashtirib, sochlarini kesishgan. Ular Ona Vatanlarini janggohlarda himoya qilish uchun shu tariqa hayot tarzlarini o‘zgartirishga ham rozi bo‘lishgan.
Bugungi kunda ayollar jamiyatning barcha sohalarida, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida ham fidokorona xizmat qilib, xalqimiz tinchligi va farovonligini asrashga salmoqli hissa qo‘shmoqda.
"Sharaf" loyihasining bu galgi mehmoni Aliyeva Zuhra Mamatqulovna — IIV Malaka oshirish instituti maxsus-kasbiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi, podpolkovnik.
Umrining 30 yilini ushbu sharafli kasbga bag‘ishlagan qahramonimiz bugungi kungacha yuzlab IIV Malaka oshirish instuti tinglovchilarining sevimli ustoziga aylanib, ayol harbiy bo‘lishiga qaramasdan kuchli jins vakillari bilan bir xil xizmat qilib kelmoqda.
<iframe width="791" height="445" src="https://www.youtube.com/embed/nxvGXx4w70Q" title="Zuhra Alieva: "Sharafli kasb sohibasiman..." " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Turdaliyeva, A.Ahmedov (video), O‘zA