Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zoyir Mirzayev velosportchilarga velosiped berdi
12:46 / 2022-04-28

Toshkent viloyati Nurafshon shahrida viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Zoyir Mirzayev O‘zbekiston velosiped federatsiyasi viloyat bo‘limi sportchilariga maxsus sport velosipedlari berdi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimligi, tegishli davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar va velosportchi yoshlar ishtirok etdi. Qayd etilganidek, hudud sportchilarining xalqaro miqyosdagi musobaqalarda faol qatnashishi va yuqori natijalarga erishishida bu kabi rag‘batlantirishlar muhim ahamiyatga ega. 

Prezidentimizning 2021 yil 24 sentyabrdagi “Velosportni rivojlantirishga doir kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qaroriga muvofiq hududlarda iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) hamda ularni professional velosportchilar sifatida tayyorlash ishlarini samarali tashkil qilish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar o‘z samarasini bermoqda. Buning uchun avvalo hududlarda velosport infratuzilmasini barpo etish va kengaytirish bo‘yicha investitsiya va grant mablag‘larini jalb qilish, boshqa zarur chora-tadbirlarni belgilash hamda ularni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha Toshkent viloyatida ham samarali ishlar tashkil etilyapti. 

– Viloyatimizda velosportning ommalashishi va rivojlanishi uchun barcha imkoniyatlar yaratib berilyapti, – deydi sportchi Eldor Esonov. – Bunday e’tibor bizga yanada kuch beradi. Bildirilayotgan ishonchni amaldagi natijalarimiz bilan oqlashga harakat qilamiz. Endi mashg‘ulotlarimizni samarali tashkil etishimiz mumkin. 

Tadbirda mutasaddilar tomonidan velosipedlar yosh sportchilarga tarqatildi. Shuningdek, federatsiyaning viloyat bo‘limi moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash uchun "Damas" avtomobili kaliti mas’ullarga tantanali ravishda topshirildi. Shundan so‘ng maxsus yo‘lakda sport velosipedlari imkoniyatlari sinovdan o‘tkazildi.

A.Musayev, O‘zA