French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zoyir Mirzayev tadbirkorlarga murojaat yo‘lladi
15:23 / 2023-01-23

Toshkent viloyati hokimligida Zoyir Mirzayev raisligida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda anomal ob-havo sharoitida faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlari va sanoat korxonalariga yordam ko‘rsatish, bozorlardagi narx-navoni sun’iy ravishda oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda ta’limga oid masalalar muhokama qilindi.

Xususan, joylarda tunu-kun ishlovchi maxsus shtablar tashkil etish, ayni shu maqsadda viloyat iqtisod blokini to‘la safarbar qilish vazifasi berildi. Zoyir Mirzayev shu munosabat bilan tadbirkorlarga murojaat yo‘lladi. Qayd etilganidek, barcha darajadagi rahbarlar hozirgi ob-havo sharoitida biznesini vaqtincha to‘xtatgan tadbirkorlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha alohida tartibda ish olib borishni boshlaydi. Amalga oshirilgan ishlar yuzasidan viloyat hokimi shaxsan nazorat qiladi va kunlik tahlil yuritiladi, natijalar muhokama qilinadi.  

– Bozorlardagi narx-navoni sun’iy ravishda oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik, bu borada alohida nazorat o‘rnatish, mavjud zaxiralardan oqilona foydalanish, kun tartibidagi eng dolzarb masala, – dedi Zoyir Mirzayev. – Shu maqsadda yana bir shtab tashkil etiladi va bunda, eng avvalo, bozorlardagi mavjud vaziyatni chuqur o‘rganish, sotuvchi va xaridorlarga sharoit yaratish nazarda tutiladi.  

Yig‘ilishda maktablarda ta’limni an’anaviy shaklda boshlash masalasini chuqur o‘ylab, real vaziyatlar bilan hisoblashib, so‘ngra qaror qabul qilish topshirig‘i berildi. Ya’ni, hamma maktablarda yoppasiga o‘qish boshlanadi, degan so‘zga mahkam yopishib olmay, vaziyat taqozo qilsa, sharoiti bo‘lmasa, yetarli issiqlik bilan to‘la ta’minlanmagan maktablarda ta’til vaqtini uzaytirish aytildi.  

A.Musayev,  

O‘zA