Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zoyir Mirzayev mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan suhbatlashdi
14:47 / 2021-05-15

Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Qamashidagi mehribonlik uyida bo‘ldi. Hokim tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar bilan uchrashib, samimiy muloqot qildi. Bolajonlarning muammolarini eshitdi va orzulari bilan qiziqdi.

Samimiy muloqot davomida ma’lum qilinishicha, mehribonlik uyi qayta ta’mirlanadi va sun’iy qoplamali stadion va sport maydonchalari quriladi. Shuningdek, doimiy sayohat va tanlovlar o‘tkazishga kelishib olindi.

Qisqa fursatda o‘g‘il bolalar uchun Yakkabog‘dagi "Qorabayir" otchilik majmuasiga, qizlar uchun san’at maktablariga sayohat tashkil etiladigan bo‘ldi.

O‘zA