Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zo‘ravonliksiz ayol — baxtli oila, xotirjam jamiyat (+video)
18:02 / 2025-11-21

Prezidentimiz tomonidan xotin-qizlar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda har qanday tazyiq va zo‘ravonlikdan asrash bo‘yicha qator farmon va qarorlar qabul qilinmoqda. Bu esa mazkur yo‘nalishning dolzarbligi va davlat siyosatida ustuvor ahamiyat kasb etayotganidan dalolat beradi.

Shu munosabat bilan “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” aksiyasi doirasida, 2025 yil 21 noyabr kuni  Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbekiston Milliy musiqa sa’nati institutida “Zo‘ravonliksiz ayol — baxtli oila, xotirjam jamiyat” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi rahbari, Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi huzuridagi xotin-qizlar bo‘yicha o‘rinbosar, diniy ulamolar hamda sohaga oid boshqa mutaxassislar ishtirok etdi.

Ishtirokchilar xotin-qizlarning haq-huquqlari, davlat tomonidan berilayotgan imtiyozlar, ularni ijtimoiy, huquqiy hamda psixologik qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berishdi. Shuningdek, ayollar zo‘ravonlik, bosim yoki oilaviy kelishmovchiliklarga duch kelgan taqdirda qaysi tashkilotlarga murojaat qilishi, ularga qanday yordamlar ko‘rsatilishi borasida ham atroflicha tushuntirishlar berildi.

Tadbir davomida zo‘ravonlik mavzusiga bag‘ishlangan videorolik hamda sahna ko‘rinishi namoyish etildi. Ushbu chiqishlar jamiyatda mazkur masalaga e’tibor kuchaytirilishi zarurligini yana bir bor yodga soldi.

Shu kabi tadbirlar ayollarning o‘z huquqlarini bilishi, o‘zini himoya qila olishi va jamiyatda zo‘ravonlikka mutlaqo toqat qilinmasligi haqidagi tushunchani mustahkamlashga xizmat qiladi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/3Ib1KOqyTS0" title="Zo‘ravonliksiz ayol — baxtli oila, xotirjam jamiyat" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Fardona Yaxshiboyeva, Oybek Davronov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA