Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zo‘ravonlikka qarshi kurashishda emotsional intellektni oshirishning ahamiyati (+video)
17:40 / 2023-11-17

Ma’lumki, tazyiq va zo‘ravonlik dunyo bo‘ylab keng tarqalgan og‘riqli illatlardan biri hisoblanadi. Bunga qarshi kurashishda aholini ogohlikka chorlash, ayniqsa xotin-qizlarning bu boradagi huquqiy ongini, o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Shunga ko‘ra, Toshkent menejment va iqtisodiyot institutida “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” shiori ostida “Zo‘ravonlikka qarshi kurashish yo‘lida emotsional intellektni oshirishning ahamiyati” mavzuida o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.    

Bugungi kunda Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti — iqtisodiyot va buxgalteriya sohalarida tahsil olishga chuqur ixtisoslashtirilgan oliy o‘quv yurti bo‘lib, unda 4 mingdan ortiq talaba tahsil oladi. Ularga 80 ga yaqin professor-o‘qituvchi ta’lim-tarbiya bermoqda.  

Tadbirda talaba-qizlarga mamlakatimizda gender tenglikni ta’minlash borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar, tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi kurashish, oila va jamiyatda ayolning o‘rni kabi mavzularda tushunchalar berildi.    

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/mDL9cPV5_OE" title="Zo‘ravonlikka qarshi kurashishda emotsional intellektni oshirishning ahamiyati" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Shuningdek, diniy aqidaparastlik, yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolmaslik hamda yolg‘on ko‘rsatmalarga aldanib qolmaslik kabi masalalarda motivatsion darslar o‘tildi.  

Gulnoza Boboyeva,

Abror Sodiqov (video), O‘zA