Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun" — bu shunchaki tadbir emas (+video)
14:09 / 2025-11-27

25 noyabr — Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish xalqaro kuni. Bu sana 1999 yilda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashish, jamoatchilikning e’tiborini kuchaytirish va profilaktik choralarni yanada samarali tashkil etish maqsadida ta’sis etilgan.

Zo‘ravonlik tushunchasi jismoniy tazyiq qilish bilan cheklanmaydi. U haqorat va tahdid qilish, ruhiy bosim o‘tkazish, inson orzu va maqsadlarini poymol etish,  befarq munosabatda bo‘lish kabi ko‘plab ko‘rinishlarga ega. Shu bois, bu masalaga jamiyatning yondashuvi har qachongidan ham mas’uliyatli bo‘lishi zarur.

Mazkur kundan boshlab mamlakat bo‘ylab “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” ijtimoiy-ma’rifiy tadbirlari start oldi. Forish tumanidagi “Inson” ijtimoiy markazida o‘tkazilgan tadbir ham aynan shu maqsadga qaratildi.

Unda tuman hokimining o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Ra’no Daulanova ishtirok etib, zo‘ravonlikning oldini olishda aholi, ayniqsa xotin-qizlarning faol ishtirokini ta’minlash muhim ekanini ta’kidladi. Uning ta’kidlashicha, 16 kunlik dastur doirasida oilalarda profilaktika ishlarini kuchaytirish, ayollarni huquqiy bilimlar bilan ta’minlash, ularning manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan yo‘nalishlar asosiy e’tiborda bo‘ladi.

Yig‘ilishda mazkur tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish, joylarda targ‘ibot va tushuntirish ishlarini faollashtirish, ehtiyojmand xotin-qizlar bilan ishlashning maqsadli mexanizmlarini kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.

“Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” — bu  shunchaki tadbir emas, balki jamiyatdagi adolatsizlikka nisbatan umumiy murosasizlikni shakllantirish, har bir ayolning himoyalangan va qadrlanganini his qilishi uchun amaliy qadamdir.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/saoBhf0ISVE?si=-yUY3ju__kEn683f" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

A.Qayumov (video+surat), O‘zA muxbiri