Shu kunlarda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Yaponiya Bosh vaziri Sanae Takaichining taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan Tokio shahrida bo‘lib turibdi.
O‘zbekiston yetakchisi tashrif doirasida Yaponiyaning yetakchi kompaniyalari, moliya institutlari va biznes uyushmalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Yaponiyaning yirik “Muroosystems” korporatsiyasi rahbari Zong Hin Pan mazkur uchrashuv haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
– O‘zbekiston Prezidentining Yaponiyaga rasmiy tashrifini tarixiy deb baholash mumkin, - dedi u. – Chunki tashrif doirasida ko‘plab muhim kelishuvlarga erishilmoqla, Yaponiya Imperatori Naruxito, Bosh vazir hamda yirik kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Bu shubhasiz, Yaponiya va Markaziy Osiyo, ayniqsa, yurtimiz va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar tarixida muhim bosqichdir.
Ushbu intervyuni O‘zAning “YouTube” kanalida ko‘rishingiz mumkin.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/HDqVS8zRElg" title="Zong Hin Pan: Bugun Yaponiya va O‘zbekiston aloqalarida tarixiy kun" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>D.Hakimov, A.Ahmedov (video), O‘zA