Zominga parvozlar tiklandi
"Silk Avia" aviakompaniyasi Zominga qatnovchi muntazam parvozlarni tiklamoqda.
"Uzbekistan Airways" aviakompaniyasidan ma’lum qilinishicha, Zomin aeroportida meteorologik uskunalarni modernizatsiya qilish ishlari yakunlangach, havo bandargohi yana samolyotlarni qabul qila boshlaydi.
"Silk Avia" ning US1001/1002 Toshkent - Zomin – Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab muntazam parvozlari 27 dekabrdan boshlab tiklanadi. Chiptalar narxi bir tomonga 121 ming so‘mdan boshlanib, parvozlar har kuni amalga oshiriladi.
Roman BONDARCHUK tayyorladi, O‘zA.