French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zominda “Parvona” markazi ochildi
16:24 / 2025-09-09

Jizzax viloyatining Zomin tumanida imkoniyati cheklangan bolalar va ularni parvarish qilayotgan oilalar uchun muhim ijtimoiy loyiha amalga oshirildi.

Davlat-xususiy sheriklik asosida tadbirkor Zarifa Toshbekova tashabbusi bilan tashkil etilgan “Parvona” nomli kunduzgi parvarish markazi Beruniy mahallasida o‘z faoliyatini boshladi.

Markaz 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolalarga kunduzgi parvarish xizmatlarini taqdim etish bilan birga, ularning ma’naviy va ijtimoiy rivojlanishiga ham ko‘maklashadi.  

– Mamlakatimizda har bir inson qadrlanishi, ayniqsa, nogironligi bo‘lgan fuqarolarga barcha zarur sharoitlar yaratilishi davlat siyosatida ustuvor vazifa hisoblanadi, – deydi tadbirkor Zarifa Toshbekova. – “Parvona” markazi aynan ana shu insonparvarlik g‘oyasi asosida tashkil etildi.  

Markazning tantanali ochilish marosimida ishtirok etgan tuman hokimligi va jamoatchilik vakillari, ushbu loyihaning ijtimoiy ahamiyati, jamiyatdagi o‘rni va mahallalarda mehr-oqibat muhitini mustahkamlashdagi rolini alohida ta’kidlashdi.

[gallery-25222]

Shuningdek, “Parvona” markazi – “Kambag‘allikdan farovonlik sari” davlat dasturi doirasida onalarga mehnat bozoriga qayta kirish imkonini yaratishga xizmat qiladi. Bu esa nafaqat bolalar, balki butun oilalar uchun yangi umid eshigini ochmoqda.

Umid va inson qadrini ustuvor tutgan ushbu markaz jamiyatimizda ijtimoiy himoya tizimining muhim bo‘g‘iniga aylanmoqda.

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA muxbirlari