English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zominda mediaforum o‘tkaziladi
10:57 / 2022-11-18

Shu yil 19–23 noyabr kunlari Navoiy kon-metallurgiya kombinati (NKMK)ning Zomin tumanida joylashgan sanatoriysida “Milliy jurnalistika: an’analar davomiyligi va zamonaviylik” mavzusida mediaforum o‘tkaziladi.

Tadbirda respublikamizning turli hududlarida faoliyat olib borayotgan jurnalistlar va blogerlar, shuningdek, mamlakatimizda akkreditatsiyadan o‘tgan xorijiy OAV vakillari ishtirok etishadi.  

Mediaforum ishtirokchilari dastlab Samarqand viloyatidagi “Zarmitan” oltin koniga tashrif buyuradilar. Shundan so‘ng mediaforum Zomin tumanida davom etadi. Mediaforum dasturidan qiziqarli va kutilmagan uchrashuvlar, xalqaro media-ekspertlarning mahorat saboqlari, shuningdek, OAV vakillari uchun sog‘lomlashtirish tadbirlari o‘rin olgan.  

Besh kun davom etadigan tadbirda ishtirokchilar xalqaro media vakillaridan tadbirni onlayn yoritishning o‘ziga xos xususiyatlari, kompaniyalarning OAV bilan ishlashdagi zamonaviy talablar borasida zarur tavsiyalar oladilar.  

Aytish joiz, ishtirokchilar Turkiyaning “TRT” teleradiokompaniyasi, Xitoyning “Szinszi Jibao” gazetasi, Rossiyaning “TASS” Axborot agentligi, Eronning “Fars news” agentligi va boshqa xorijiy OAV vakillarining mahorat maktabi va tajribasidan bahramand bo‘ladilar.  

 

O‘zA