Zominda ma’naviy-ma’rifiy kitob ko‘rgazmasi o‘tkazildi
Jizzax viloyatining Zomin tumanida qadriyatlarimizga bag‘ishlangan ko‘rgazma tashkil etildi.
Tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tashabbusi bilan takil etilgan ushbu kitob ko‘rgazmasida Zomin tumanining Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari ham faollik ko‘rsatishdi.
Ko‘rgazmada yurtimizning bebaho tarixi, e’tiqod va qadriyatlari, ajdodlarimiz merosi tasvirlangan hamda istiqlol davrida yaratilgan ilmiy va badiiy asarlar namoyish etildi.

Tadbir qatnashchilariga milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, yoshlarda Vatanga sadoqat va yuksak g‘urur tuyg‘ularini tarbiyalashning ahamiyati to‘g‘risida ma’ruzalar qilindi. Shuningdek, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va ma’naviy dunyoqarashni kengaytirishdagi kitoblarning o‘rni bebaho ekanligi alohida uqtirildi.
A. Qayumov, O‘zA muxbiri