French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zominda Bobur ijodi tarannum etildi
20:12 / 2026-02-13

FOTOREPORTAJ

Jizzax viloyati Zomin tumanida buyuk davlat arbobi, sarkarda va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur  tavalludining 543 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Shu munosabat bilan  DXX Chegara qo‘shinlariga qarashli harbiy qism harbiy xizmatchilari tumandagi Axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurib, Bobur hayoti va ijodiga bag‘ishlangan badiiy kechada ishtirok etdi.

Tadbir davomida Bobur ijodiga oid noyob adabiyotlar, kitob va to‘plamlar namoyish etildi. Mutafakkir asarlaridan parchalar o‘qilib, g‘azal va hikmatli satrlar tahlil qilindi.

[gallery-27651]

— Boburning hayoti va ijodi bilan tanishish har bir harbiy xizmatchi uchun qiziqarli va foydali, - deydi Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchisi, kapitan Saidabbos Mullayev. — Bunday badiiy kechalar milliy merosimizni chuqurroq anglash va bilimlarimizni boyitishga xizmat qiladi.

Kechada Bobur o‘z asarlarida Jizzax vohasidagi Ilono‘tti darasi, Xaliliya, Dizak, Peshag‘or, Zomin, Yom va Yor-Yayloq kabi kentlar haqida ma’lumot bergani qayd etildi. Shuningdek, 1498–1499-yillarda Samarqand va Andijonga qilgan yurishlari muvaffaqiyatsiz yakunlanganidan so‘ng Zomin va uning atrofida bo‘lgani ham yodga olindi.

Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbir harbiy xizmatchilar va yoshlarning Bobur hayoti va ijodi, Jizzax vohasi tarixi hamda madaniy merosi haqidagi bilimlarini boyitishga xizmat qildi.

Jamshid YORBEKOV (surat), O‘zA