Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zominda agrologistika markazi tashkil etiladi
12:47 / 2023-03-08

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Bog‘dorchilik agentligining sotsiolog va ekolog mutaxassislari hamda ekspertlari – Jahon banki mutaxassislari bilan birgalikda Zomin tumanidagi “Peshag‘or” mahalla fuqarolar yig‘inida xizmat safarida bo‘lib, hududning bog‘dorchilikni rivojlantirish imkoniyatlari yo‘nalishidagi loyihalarni amalga oshirish, agrologistika markazini tashkil etish istiqbollari bo‘yicha o‘rganish o‘tkazdi.

Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov, Bog‘dorchilik agentligi rahbari Husniddin Karimov hamda Zomin tumani hokimi Alisher Abdug‘aniyev hududdagi “Peshag‘or” MFYdagi bo‘sh yerlardan unumli foydalanish, bog‘ va tokzorlar yaratish, agrologistika markazi, gulchilik klasterini tashkil etish uchun joylardagi vaziyatni atroflicha o‘rganishdi.  

Ularga “Peshag‘or” MFY vakillari tomonidan, mutaxassislar yordamida tayyorlangan – hududning geografiyasi, tabiati, sug‘orish tizimlari, yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari turlari va sifati haqida batafsil ma’lumot taqdim etildi. O‘z navbatida, ushbu mahsulotlarni benuqson saqlash va byurtmachilarga o‘z vaqtida yetkazib berish uchun katta hajmdagi mahsulot joylashtiriladigan sovutkich(ombor) va (maxsus) transport logistikasiga ehtiyoj borligi alohida ta’kidlab o‘tildi.  

Hamkorlikdagi mazkur tadbir davomida ushbu yo‘nalishlardagi loyihalarni amalga oshirish chora-tadbirlari belgilab olindi, ekspertlar tavsiyalarni ishlab chiqishlari uchun hududdagi soha mutaxassislari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldi.

Joriy qishloq xo‘jalik yilida bir nechta ana shunday loyihalar hisobiga hudud aholisining bandligini ta’minlash imkoni yaratiladi, – deydi “Peshag‘or” MFYga biriktirilgan  hokim yordamchisi Bobur Umurzoqov.

Loyihani amalga oshirish bo‘yicha hamda qishloq xo‘jaligini yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.

A.QAYUMOV,

J.YORBEKOV (surat), O‘zA