Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zominda 20 ming tup gilos ekildi
08:37 / 2025-03-16

Tabiatni asrab-avaylash, avlodlarga sofligicha yetkazish har birimizning muqaddas burchimizdir.

Zomin tumani “G‘allakor” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida “Yashil makon” loyihasi doirasida keng ko‘lamli obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi. Ushbu loyiha doirasida 30 gektar yer maydoniga 20 ming tup gilos ko‘chati ekildi.

– Asrlar kelinchagi bo‘lgan bahor muborak Ramazon oyida kirib kelishining o‘ziga xos hikmati bor, – deydi “G‘allakor” MFY faoli Mirzoulug‘ Haydarov. – Keksalarimiz yangilanish, yasharish davrida ko‘chat ekish katta savobdir, deb bejizga aytishmagan. Navro‘z umumxalq bayrami arafasida Zomin tumanida o‘tkazilayotgan hashar Jizzax viloyat ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi hamda kasaba uyushmalari tashabbusi bilan amalga oshirilmoqda.  

2025 yil – Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili munosabati bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilgan har bir ko‘chat kelajak avlod uchun bebaho meros bo‘lib qolishiga ishonchim komil. Yashil hududlarni ko‘paytirish nafaqat atrof-muhitni muhofaza qilishga, balki inson salomatligi va yashash sharoitini yaxshilashga ham xizmat qiladi. Aynan shuning uchun ham bunday loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va unda faol ishtirok etishni har birimiz burchimiz deb bilmog‘imiz shart.

Shuningdek, Zomin tumani ichki ishlar xodimlari tomonidan ham keng ko‘lamli ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilganini ham ta’kidlab o‘tish joiz.

Zomin tuman IIB rahbariyati va shaxsiy tarkibi birgalikda Navro‘zoldi hasharini tashkil etib, hududni obodonlashtirish bo‘yicha muhim tashabbus ko‘rsatdi.

Jizzax viloyat IIBga qarashli Sog‘lomlashtirish markazi hududida o‘tkazilgan hasharda atrof-muhitni obodonlashtirish, yerga ishlov berish va gul ko‘chatlarini ekish ishlari bajarildi. Hashar davomida yo‘laklar tozalandi, daraxt shoxlari tartibga keltirildi hamda chiqindilar  belgilangan joylarga chiqarildi.  

Bu kabi ekologik tadbirlar jamiyatda toza va yashil muhit yaratishga xizmat qilishi bilan ham ahamiyatlidir. Ichki ishlar xodimlari nafaqat tartib-intizomni saqlash, balki shahar va qishloqlarni obodonlashtirishga ham o‘z hissalarini qo‘shmoqda.

Zomin tumanida yashil muhit yaratish va ekologik barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha turli Navro‘zoldi xayriya tadbirlarni tashkil etish rejalashtirilgan bo‘lib, bu borada keng jamoatchilik vakillarining ham jalb etilayotgani ayni muddao bo‘lmoqda.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/FyWGbJCZGcA?si=o_GCrFcUDNcIZZtb" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

A.Qayumov, O‘zA muxbiri