Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zomin: festival ishtirokchilarining xavfsizligi to‘liq ta’minlanadi
19:42 / 2024-06-24

Joriy yilning 27-30 iyun kunlari Zomin tumanida o‘tadigan II xalqaro maqom festivali boshlanishiga juda oz fursat qoldi. Xo‘sh, tadbirga keluvchi xorijiy va mahalliy mehmonlar va ishtirokchilarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida tumanda qanday ishlar amalga oshirildi?

Ana shu va boshqa savollarga Jizzax viloyat IIB JXX YHX boshqarmasi Axborot xizmati tomonidan Zomin tumaniga tashkil etilgan press-tur va matbuot anjumani davomida javob topishga harakat qildik.

– Zomin tumanida o‘tkaziladigan II xalqaro maqom festivalining yuqori martabali mehmonlarini kutib olishga tayyorgarlik ko‘rish va kutib olish jarayoni va tadbir davomida ularning va umuman barcha ishtirokchilarning xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha kuch tuzilmalari bilan hamkorlikda bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda, – deydi viloyat IIB JXX YHXB Axborot xizmati rahbari, mayor Erkin Ochilov. – Tuman markaziy ko‘chalarida 678 ta yangi yo‘l belgisi o‘rnatildi, 435 ta eskirgan va yaroqsiz holatga kelib qolgan yo‘l belgisi yangilanib, yo‘l belgilari ustunlarini bo‘yash ishlari amalga oshirildi. 8 ta markaziy chorrahadagi 32 ta svetofor yangi zamonaviy, aqlli svetoforlarga almashtirildi va 72,4 kilometr yo‘l yotiq chiziqlari chizildi. Tuman hududidan o‘tgan 66 ta piyodalar o‘tish joylaridagi chiziqlar yangidan Jizzax viloyati IIB JXX YHXB EMB xodimlari tomonidan chizib chiqildi.

4R40 avtomobil yo‘lining 35 – 60-kilometrlari oralig‘idagi dovondan o‘tuvchi qatnov qismida ta’mirlash ishlari izchillik bilan olib borilmoqda. Shuningdek, xavfli burilishlarga o‘rnatilgan hozir yaroqsiz holga kelib qolgan “BDO-3” beton to‘siqlarini o‘rnatish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

4R40 avtomobil yo‘lining 65 – 72-kilometrlari oralig‘ida Zomin dor yo‘liga olib boruvchi yo‘l qismi chetiga piyodalarga qulaylik yaratish maqsadida metall konstruksiya bilan qatnov qismi ajratilib, 7 kilometr piyodalar yo‘lagini qurish ishlari davom etmoqda.

“Zominavtoyo‘l” xizmati II xalqaro maqom festivali o‘tkazilishi munosabati bilan “Mustaqillik” MFY hududida joylashgan “Zomin aeroporti”da 9 ming 265 metr kub tuproq ishlari va 16 ming 695 tonna asfalt-beton qoplama yotqizish ishlarini amalga oshirganini va bugunga kelib aeroport xalqaro talablarga javob bera oladigan darajaga kelganini ta’kidlab o‘tish lozim.

4R40 “Dashtobod – Zomin – Baxmal – G‘allaorol” avtomobil yo‘lining 17 – 23-kilometr oralig‘ida yo‘l belgi yotiq chiziqlarini chizish va svetaforlarni ta’mirlash hamda ko‘cha chiroqlarini o‘rnatish, qoplamalarni yuvish, 26 – 29-kilometr oralig‘ida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish maqsadida manzarali daraxtlarga shakl berish va tagini ohaklash ishlari yakuniga yetkazildi. 

Tumanning Sufa yo‘nalishi bo‘yicha yuk avtomobillari harakatlanishini vaqtinchalik cheklash bo‘yicha haydovchilar bilan profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi. Shu bilan birgalikda, yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi uyushmalar va avtobus hamda mikroavtobus haydovchilari bilan tog‘ sharoitidagi avtomobil yo‘llarida harakatlanish qoidalariga rioya qilish bo‘yicha tashviqot ishlari muntazam ravishda amalga oshirib borilmoqda.

Press-tur matbuot anjumani bilan nihoyalanib, unda ishtirokchilarning savollariga Jizzax viloyati IIB JXX YHXB boshlig‘ining 1-o‘rinbosari, mayor Olimjon Yuldashev batafsil javob berdi. 

– Zomin II xalqaro maqom festivali nafaqat tuman yoki viloyat, balki butun respublikamizning sharafidir, – deydi u. – Ushbu nufuzli xalqaro ahamiyat kasb etuvchi tadbirni, yuqori martabali mehmonlar va barcha ishtirokchilarning xavfsizligini to‘liq ta’minlash va tadbir ko‘ngildagidek o‘tishi uchun bor kuch-g‘ayratimizni safarbar etamiz.

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA muxbirlari