Zoirova Irodabegim Fayzi qizining yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Jinoyat protsessida voyaga yetmagan jabrlanuvchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash: qiyosiy huquqiy tahlil” mavzusida
Zoirova Irodabegim Fayzi qizining “12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor qidiruv huquq va sud ekspertizasi” ixtisosligi bo‘yicha yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan “Jinoyat protsessida voyaga yetmagan jabrlanuvchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash: qiyosiy huquqiy tahlil” mavzusidagi dissertatsiya ishi himoyasi O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi huzuridagi DSc.31/31.12.2020.Yu.67.01 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 9-yanvar kuni soat 15:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100190, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Rixsiliy ko‘chasi,
9-uy.
Tel: (99871) 202-04-96