Zoir Mirzayevga yana bir maslahatchi tayinlandi
Qashqadaryo viloyati hokimi Zoir Mirzayevga yana bir maslahatchi tayinlandi.
Qashqadaryo viloyati hokimi Zoir Mirzayevga yana bir maslahatchi tayinlandi.
Olimjonov Otabek Ilxomovich – viloyat hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimiga munosib koʻrildi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati maʼlumot berdi.
O.Olimjonov 1980-yil Shahrisabz tumanida tugʻilgan. Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti va Oʻzbekiston milliy universitetini tamomlagan.
Bungacha Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Marketing boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat koʻrsatgan.