Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ziyolilar forumi bo‘lib o‘tdi
10:35 / 2023-04-21

FOTOREPORTAJ

Termiz davlat universitetida “Xalq Konstitutsiyasi bilan xalqchil davlat sari!” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Ma’naviyat festivali” doirasida ziyolilar forumi tashkil etildi.        

Ushbu forumdan ko‘zlangan asosiy maqsad ma’naviy hayotimizni yangi bosqichga ko‘tarishda, avvalambor, joylardagi targ‘ibotchilarning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini oshirish, ilm-fan, madaniyat va san’at, badiiy ijod sohalari rivojini jadallashtirishdan iborat.

[gallery-11545]

Forumda “Ma’naviyat festivali”ning targ‘ibot guruhi a’zolari, Termiz davlat universiteti professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi. Unda so‘z olganlar yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, eng avvalo, inson manfaatlarini ulug‘lashga xizmat qilishi bilan ahamiyatli ekanligini qayd etdilar.  

Yakunda hududdagi «Ma’rifat» targ‘ibotchilar jamiyati a’zolariga tashakkurnoma va esdalik nishonlari topshirildi.

 

Jonibek Qo‘zimurodov(surat),O‘zA