Ziyodaxon Paralimpiya o‘yinlari finalida jang qiladi
Xabaringiz bor, Fransiya poytaxti Parij shahrida XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlarining ilk kuni delegatsiyamiz uchun muvaffaqiyatli boshlandi.
Aniqrog‘i, Paralimpiya o‘yinlarining para taekvondo WT bo‘yicha ayollar o‘rtasida K44 tasnifida vazni 47 kilogrammgacha bo‘lgan hamyurtimiz Ziyodaxon Isoqova yarim final bosqichida tailandlik Xvansuda Puangkitcha ustidan zafar quchdi va final bosqichiga yo‘l oldi. Bu degani taekvondochimiz hisobida kamida kumush medal bor, degani.
Endi Ziyodaxon Isoqova so‘nggi hal qiluvchi final bellashuvida perulik Anjelika Leonor Espinoza Karranzaga qarshi ringga chiqadi. Mazkur bahs mamlakatimiz vaqti bilan soat 23:34 dan so‘ng boshlanadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA