14 fevral – Xalqaro kitob hadya qilish kuni munosabati bilan Adliya vazirligi “Ziyo ulash” aksiyasini boshlagan edi.
Aksiya boshlangan kuni 34 mahallada yoshlar uchun kutubxonalar tashkil etildi. Kutubxonalarga 6,7 mingdan ziyod kitob tuhfa qilindi. Ular orasida Prezident asarlari, o‘zbek va jahon adabiyoti durdonalari, bolalar va huquqiy adabiyotlar bor.

Bundan tashqari, kutubxonalarga 26 ta kompyuter va 450 dan ziyod mebel jihozlari sovg‘a qilindi.
Shu bilan birga, 40 ming kitobni o‘zida jamlagan elektron kutubxonadan foydalanish imkoniyati yaratildi.
Aksiyaga Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Yoshlar ishlari agentligi, Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi hamda Notarial palata qo‘shildi.

Aksiya boshlanganidan buyon esa yuzta mahallada kutubxona tashkil qilinib, ularga 31 mingga yaqin kitob, 66 ta kompyuter va 1,1 mingdan ortiq mebel jihozlari sovg‘a qilindi.
Aksiya doirasida yana 108 mahallada kutubxonalar tashkil qilish rejalashtirilgan.
N.Abduraimova, O‘zA