English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Ziyo chashmalari”da maroqli ta’til
11:49 / 2025-07-11

FOTOREPORTAJ

Ko‘hna Shahrisabzdagi “Ziyo chashmalari” sog‘lomlashtirish oromgohi uzoq yillardan buyon yozning jazirama kunlarida minglab bolajonlar uchun o‘z bag‘rini ochmoqda. 2018-2019 yillarda bu yerda amalga oshirilgan qayta rekonstruksiya ishlaridan so‘ng oromgoh zamonaviy qiyofa va qulayliklarga ega maskanga aylandi.

[gallery-24266]

“Ziyo chashmalari” 6,62 gektar maydonni egallagan bo‘lib, uning 3,05 gektarini bog‘lar tashkil etadi. Salqin daraxtlar soyasida joylashgan 8 ta shinam yotoqxona, zamonaviy oshxona, sport maydonlari va boshqa yordamchi binolar bolalar ixtiyorida.  Oromgoh har yoz mavsumida to‘rt bosqichda 300 nafardan bolalarni qabul qiladi.

Oromgohning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan uning malakali va mehribon jamoasiga bog‘liq. Tarbiyachilar, tibbiyot xodimlari, sport murabbiylari va boshqa xodimlar bolalarning har tomonlama salomatligini tiklab, maroqli dam olishi uchun o‘z bilim va tajribalarini safarbar etmoqda. Bu yerda turli to‘garaklar, mahorat darslari, sport seksiyalari va qiziqarli tadbirlar muntazam o‘tkazib kelinadi. Oromgohdagi har bir kun har bir bola uchun unutilmas taassurotlarga boy o‘tadi.

Jamshid NORQOBILOV(surat),O‘zA