Zilzila: nima qilish kerak(mas)?! (+video)
Ommaviy axborot vositalarida dunyo bo‘ylab, u yoki bu manzilda zilzila xabarini eshitgan kishi borki, xavotirga tushadi. Tarixdan kuchli Zilzila talafotlari rivojlangan davlatlar iqtisodiga ham sezilarli darajada ta’sir o‘tkazganiga guvohi bo‘lganmiz. So‘nggi vaqtda yurtimizda kuzatilgan zilzila ko‘pchilikni shoshirib, esankiratib qo‘ygani aniq.
Ayniqsa ketma-ket kuzatilgan zilzilalar aholida sarosimani, zilzila yana takrorlanishi yuzasidan xavfsirashni keltirib chiqargan bo‘lishi tabiiy hol. Zilzila vaqtida har qanday odam sarosimiga tushib, o‘zini-o‘zi boshqara olmay qolishi turgan gap. Ko‘pchiligimiz bunday hollarda nima qilishni, zilzila vaqtida qanday qilib jon saqlashimiz mumkinligini bilmaymiz ham.
Bugungi lavhamizda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muhofazasi instituti mutaxassislari ishtirokida kuchli zilzilalar vaqtidagi xavfsiz joylar, eng birinchi qilinishi kerak bo‘lgan ehtiyot choralari haqida batafsil ma’lumot berib o‘tdilar.
<iframe width="791" height="445" src="https://www.youtube.com/embed/wwoFoyXQ078" title="Zilzila: nima qilish kerak(mas)?!" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov (video), O‘zA