Bugungi zamonda tabiiy ofatlarga qarshi kurashishning eng samarali yo‘li – ilm va texnologiyalar bilan hamnafas harakat qilishdir. Shu maqsadda tashkil etilgan press-turda biz O‘zbekistonda seysmologik xavfsizlikning asosiy ustuni bo‘lmish G‘.O.Mavlonov nomidagi Seysmologiya instituti faoliyati bilan yaqindan tanishdik.
1966 yildan buyon faoliyat yuritayotgan ushbu ilmiy muassasa nafaqat respublika, balki butun Markaziy Osiyoda seysmologiya sohasida yetakchi markazlardan biri sanaladi. Institutda zilzilalarning kelib chiqish mexanizmlaridan tortib, seysmik to‘lqinlarning tarqalishi, seysmik xavf va risklarni baholash, rayonlashtirish va prognoz qilishgacha bo‘lgan yo‘nalishlarda keng qamrovli tadqiqotlar olib borilmoqda.
Tashrif doirasida jurnalistlar laboratoriyalar ishi, seysmometriya uskunalari, zamonaviy sun’iy yo‘ldosh aloqalari, yer osti suvlari monitoringi uchun mo‘ljallangan maxsus quduqlar va Vena bilan bog‘lovchi Xalqaro monitoring tizimi tarmog‘i orqali olinadigan ma’lumotlar bilan tanishishdi.
Ayniqsa, institut arxivida saqlanayotgan 200 mingdan ortiq seysmogrammalar kelgusi avlod uchun bebaho manba hisoblanadi.
Institutda faoliyat yuritayotgan 1 nafar akademik, 11 nafar fan doktori va 16 nafar fan nomzodi va falsafa doktorlari nafaqat nazariy, balki amaliyotda ham yurtimiz xavfsizligi uchun xizmat qilishmoqda.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/UjXjBbSCQ6U" title="Zilzila borasida qanday tadqiqotlar olib borilmoqda?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Eshmirzayeva, D.Yakubov (video), O‘zA