Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zilzila Alepponing tarixiy markazini vayron qildi
15:03 / 2023-02-06

Turkiya va Suriyada yuz bergan kuchli yer silkinishi Aleppo shahrining tarixiy markazini ham vayron qildi, deb yozmoqda xorijiy ommaviy axborot vositalari.

Xabarlarda ta’kidlanishicha, shaharning bir qancha tumanlarida, jumladan, Fardus, Salaxiddin va Buston al-Qasrda juda ko‘p binolar qulab tushgan. Ularning ko‘pchiligi tarixiy binolar ekani aytilmoqda. Ayniqsa, YUNESKOning madaniy merosi  ro‘yxatiga kiritilgan tarixiy markazlar tabiiy ofatdan eng ko‘p zarar ko‘rgani aytilmoqda.  Ta’kidlanishicha, bu yerda bir qancha masjidlar vayron bo‘lgan, deb yozmoqda Ozarbayjonning Azertaj agentligi.