Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ziddiyatni tinch yo‘l bilan hal etish sammiti o‘tkazilishi mumkin...
13:55 / 2023-06-15

Rossiya-Ukraina

NATO qo‘shinini Ukraina hududiga kiritishning imkoni yo‘q, Alyansning bunday rejasi ham bo‘lmagan, deb bayonot berdi YeI harbiy shtabi boshlig‘i, Ukraina askarlari uchun o‘quv missiyasi qo‘mondoni Erve Blejan “LCI” telekanaliga bergan intervyusida. Mulozim NATOning sobiq Bosh kotibi Anders Fog Rasmussenning ayni mavzudagi chiqishini sharhlar ekan, shunday dedi:

– Kiyevga qo‘shin kiritish mavjud inqirozga qo‘shilish, Rossiya bilan urush holatiga kirishni anglatadi. Buni hech kim xohlamaydi, NATO ham, YeI ham.

Blejan fikricha, Ukrainaning qarshi hujumi, qanday natijaga erishilishidan qat’i nazar, inqiroz tugashiga olib kelmaydi.

Ukrainadagi jangovar harakat to‘xtagandan keyin ham G‘arb yo‘nalishidagi xavf saqlanib qoladi, deya bayonot berdi Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko “Rossiya-1” telekanaliga bergan intervyusida.

– Kiyevning ig‘vosiga beriladigan juda keskin javob uchinchi jahon urushiga olib kelishi mumkin, - qo‘shimcha qildi u.

“Newsmax” telekanali muxbiri bilan suhbat chog‘ida tashqi ishlar va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Peter Siyyarto “Vengriya sobiq Prezident Donald Tramp Oq uyga qaytishi bilan Ukrainadagi qurolli inqiroz to‘xtashiga ishonadi”, tarzida bayonot berdi. Ziddiyatni hal etishga qaratilgan muzokarani tashkil etishda BMT ko‘proq imkoniyatga ega, deya qo‘shimcha qildi mulozim:

– Ukraina inqirozi kuchaymoqda, har ikki tomondan ko‘plab qurbonlar berilyapti. Xalqaro tashkilotlar, ayniqsa BMT tinchlik yo‘lida muhim rol o‘ynashi mumkin. Zero, ushbu tuzilma faoliyati siyosiylashmagan, shuning uchun tinchlik muzokarasini uyushtirish borasida keng imkoniyatga ega.

Afrikaning Ukraina bo‘yicha tinchlik tashabbusi oziq-ovqat xavfsizligi va asirlarni almashish masalasini aks ettiradi. Bu haqda “TASS” afrikalik diplomatik manbalarga tayanib ma’lum qildi.

Ukraina Alyansning 11-12 iyuldagi sammitida NATOga kirishi to‘g‘risida aniq ma’lumot olmaydi, deb yozdi Britaniyaning “The Guardian” nashri.

Ispaniya armiyasining iste’fodagi harbiylar guruhi YeI Ukrainaga qurol-aslaha yetkazib berishni to‘xtatishi zarurligi yuzasidan manifest qabul qildi. Bu haqda “Publico” gazetasi ma’lum qildi.

Harbiylar inqiroz keskinlashuvi ortidan “vaziyat nazoratdan chiqiishi, sayyoramiz hayoti tahdid ostida qolishi mumkin”, deb hisoblaydi. Ular, shuningdek, AQSH va NATO harakatini qoralaydi.

Qirollik mudofaa vaziri Margarita Robles mazkur murojaatni tanqid qilib chiqdi. 

Ukraina va Polsha Bosh vazirlari Denis Shmigal va Mateush Moravetskiy Kiyevga harbiy texnika yetkazib berish bo‘yicha kelgusi hamkorlikni muhokama qilishdi.

Ukraina hukumati Braziliya Prezidenti Luis Inasiu Lulu da Silvani Ukraina mojarosini hal etishga bag‘ishlangan sammitga taklif qildi. Prezident devoni rahbari Andrey Yermak Janubiy Amerika yetakchisining maxsus yordamchisi Selsu Amorim bilan bo‘lib o‘tgan telefon muloqotida shu taklifni bergan.

“Folha de S.Paulo” nashriga ko‘ra, sammitning joyi va muddati hali aniq emas. 

TIV rahbari Dmitriy Kuleba Alyansga tezkor qo‘shilmasdan NATO – Ukraina kengashini tuzish taklifini “qurolsiz tank” bilan solishtirdi. U ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok bilan telefon suhbatidan keyin shunday yozdi.

“Ukraina NATOga afzal ko‘rilmagan vakil bo‘lib emas, a’zo davlat sifatida kirishi kerak”, degan vazir.

Abror XON, O‘zA