Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining «hind» shtammiga qarshi ta’siri o‘rganilmoqda
16:37 / 2021-06-24

Innovatsion rivojlanish vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonov “Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co.Ltd” kompaniyasi raisi Li Van Jun va professor Chen Fan Gu bilan muloqot o‘tkazdi.

Muloqot davomida Xitoy-O‘zbekiston hamkorligida yaratilgan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining koronavirusning turli variantlarga qarshi himoyasi to‘g‘risida olingan ilmiy natijalar haqida so‘z bordi.  

Tekshiruv natijalari haqida ikkita ilmiy maqola tayyorlangan bo‘lib, ular bilan quyidagi havolalar orqali tanishish mumkin: https://doi.org/10.1038/s41422-021-00514-9 va https://doi.org/10.1101/2021.02.01.429069.  

Mazkur ikki tadqiqot ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi Covid-19 virusining ayni vaqtda dunyoda tarqalgan afrikacha (501Y.V2) va britancha (D614G) variantlaridan himoya qila olishini tasdiqlamoqda.  

Muloqot davomida hozirda olimlar Hindistondan tarqalgan delta-variant ustida ham tadqiqotlar olib borayotgani, bu haqda maqola hali chop etilmagani, ammo natijalar ijobiy bo‘layotgani haqida fikr almashdi.  

Laboratoriya tekshiruvlari vaksinatsiyalangan odam zardobi ham, hayvonlar zardobi ham delta variantga qarshi himoyalanganini namoyon etgan. Ayni paytda ma’lumotlar tasniflanmoqda va maqolaning yaqin kunlarda chop etilishi kutilmoqda.  

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joizki, hozirgacha Xitoyda 90 million aholi ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi bilan emlangan. Ularning aksariyati vaksinaning birinchi va ikkinchi dozalarini olgan. Shu paytgacha mazkur vaksina bilan emlanganlar orasida koronavirusga chalinganlar aniqlanmagan.  

 

N.Abduraimova, O‘zA