“Zenit“ qamoqda oʻtirgan futbolchini qaydnomaga kiritdi
Sankt-Peterburgning “Zenit“ klubi bosh murabbiyi Sergey Semak Yevropa ligasining pley-off bosqichida ishtirok etadigan oʻyinchilar qaydnomasini eʼlon qildi
Sankt-Peterburgning “Zenit“ klubi bosh murabbiyi Sergey Semak Yevropa ligasining pley-off bosqichida ishtirok etadigan oʻyinchilar qaydnomasini eʼlon qildi.
Unga koʻra, jamoa safiga yangi kelib qoʻshilgan Yaroslav Rakiskiy, Vilmar Barrios va Sardor Azmun kabi futbolchilar roʻyxatdan joy olgan. Semak ayni damda qamoqda boʻlgan hujumchi Aleksandr Kokorinni ham ushbu qaydnomaga kiritdi.
Bu qaydnomadan Mixail Mevlya, Kristian Noboa, Yuriy Jirkov va Emiliano Rigoni kabi futbolchilar joy olmagan.
Eslatib oʻtamiz, Kokorin “Krasnodar” futbolchisi Mamayev bilan birga jinoyatga qoʻl urgani uchun qamoqda saqlanmoqda. Ayni damda ularning jinoyati boʻyicha tergov ishlari olib borilmoqda.