Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zelenskiyning “G‘alaba rejasi” tafsiloti oshkor bo‘ldi
19:43 / 2024-09-25

Buyuk Britaniyada chop etiladigan “Times” gazetasi Vladimir Zelenskiy Jo Baydenga taqdim etish uchun AQSHga olib kelgan Ukrainaning “G‘alaba rejasi” to‘rt asosiy bo‘limdan iboratligini yozgan.

Xususan, NATOga a’zolik bo‘yicha o‘zaro mudofaa kelishuviga o‘xshash G‘arb xavfsizlik kafolati, Ukrainaning Kursk viloyatidagi amaliyotini hududiy garov sifatida davom ettirishga ko‘maklashish, zamonaviy qurollar bilan ta’minlash hamda mamlakatning vayron bo‘lgan iqtisodiyoti uchun xalqaro moliyaviy yordam so‘ralgan.

Zelenskiy 26 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Bayden bilan uchrashuvgacha rejaning to‘liq tafsiloti oshkor qilinmasligi, bu hujjatni prezidentlikka ikki nomzod Donald Tramp va Kamala Xarrisga ham taqdim etish niyatida ekanini ma’lum qilgan.

Bundan tashqari Zelenskiy, Tramp saylovda g‘alaba qozongan taqdirda Kiyevni noqulay tinchlik kelishuviga majburlashiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, Baydendan “xavfsizlik kafolati” talab qilmoqchi.

Avvalroq Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Braziliya va Xitoy taklifi ham yangragan. Kiyev esa ushbu tashabbusni Rossiya manfaatiga xizmat qiladi, deya rad qilgandi.