Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zelenskiy: Yevropa uchun umumiy havo mudofaasi zarur
14:39 / 2025-09-17

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya hujumi fonida Yevropa davlatlarini yagona ko‘p qatlamli havo mudofaasi tizimi barpo etishga chaqirdi. Uning fikricha, zarur texnologiya mavjud, faqat siyosiy iroda va sarmoya kerak.

Kecha tongda rus qo‘shinlari Zaporojeni raketa bilan o‘qqa tutdi. Qurbonlar borligi, o‘nlab odam, jumladan to‘rt bola jarohatlangani aytilyapti. Viloyat rahbari Ivan Fedorov 20 dan ko‘p turar-joy binosi zarba ostida qolib, yong‘in chiqqani haqida bayonot berdi. “30 avgustdagi hujumdan keyin hali o‘zimizga kelib ulgurmagandik, endi yana yangi vayronalarni tiklashga to‘g‘ri keladi,” degan u.

Mamlakat rahbari ijtimoiy tarmoq orqali so‘nggi ikki hafta ichida Moskva 3 500 dron, 2 500 aviatsiya bombasi va 200 ga yaqin raketa uchirganini yozdi. Bundan tashqari Kiyev viloyatidagi fuqarolik logistika inshooti va Xarkovdagi Milliy farmatsevtika universiteti ham hujumga uchrab, kamida to‘rt kishi yaralangan.

– Rossiya og‘riq sezmayotgani uchun urushni davom ettirmoqda, – dedi Zelenskiy. –U G‘arb davlatlarini Moskvaga qarshi yanada og‘ir iqtisodiy sanksiya joriy etishga chaqirdi.

RFning o‘ta balanddan tashlanadigan “glayd bombalari” va dron to‘dasi Ukraina mudofaasi uchun jiddiy muammo tug‘diryapti. Bunday hujumlar Polsha hududiga ham o‘tib ketgani sababli, NATO Yevropada havo mudofaasini kuchaytirishga majbur bo‘ldi.

Musulmon Ziyo, O‘zA