Zelenskiy: YeI va AQSH bosimisiz Putin muloqotga bormaydi (+video)
Zelenskiyning aytishicha, Yevropa ittifoqi va AQSH tomonidan jiddiy bosim bo‘lmasa, Rossiya Ukrainadagi urushni diplomatik yo‘l bilan hal qilishga rozi bo‘lmaydi. “Agar, muzlatilgan Rossiya mablag‘laridan foydalanish bo‘yicha qaror qabul qilinmasa, Rossiya prezidenti Vladimir Putin muzokaralar stoliga o‘tirmaydi. Bu aniq, chunki u diplomatik yo‘lni istamaydi. Hech qanday diplomatiyani ham, hech qanday muloqotni ham xohlamaydi”, - deya Zelenskiyning so‘zlaridan iqtibos keltirgan «Yevropeyskaya pravda» nashri.
Ukraina prezidenti urushni davom ettirish uchun mablag‘ yetishmasligi sababli zaifroq holatda ekanini ta’kidladi. «Putinda bizni bosib olish istagi kuchaymoqda, chunki bizning yashash uchun ham, qurol uchun ham pulimiz yetishmayapti. U himoyasiz qolayotganimizni tushunayapti»,- degan u.
Shuningdek, Zelenskiyning fikricha, agar Rossiyaga qarshi sanksiyalar haqiqatan ham amal qilsa va AQSH Kremlga bosimni kuchaytirsa, Moskva urushni avvalgi hajmlarda moliyalashtiraolmaydi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/BIqvdX2YAQo" title="Zelenskiy: EI va AQSh bosimisiz Putin muloqotga bormaydi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>K.Bekjonov, O‘zA