Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zelenskiy Yaqin Sharqqa taklif qildi, faqat...
22:37 / 2026-03-03

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Yaqin Sharq davlatlariga Eron dronlariga qarshi kurashishda amaliy yordam berishga tayyorligini ma’lum qildi. Ya’ni, agar mintaqa yetakchilari Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni kamida bir oy muddatga o‘t ochishni to‘xtatishga ko‘ndirsa, Kiyev hududga eng malakali mutaxassislarini yuborishi mumkin.

Zelenskiy “Bloomberg News” nashriga bergan intervyusida Yaqin Sharq mamlakatlari rahbarlari Moskva bilan muloqot qilish imkoniga egaligini ta’kidlagan. Uning fikricha, harbiy harakat ikki oy yoki ikki haftaga to‘xtashi ham mumkin. Shu davr ichida ukrain harbiylari mintaqada fuqarolarni himoya qilish, dronlarni zararsizlantirish bo‘yicha tajriba bilan o‘rtoqlashadi.

Ukraina Prezidentining strategik masalalar bo‘yicha maslahatchisi Aleksandr Kamishin mutaxassislar yordam berishga tayyorligini qayd etgan.

F. Yaxshiboyeva, O‘zA