Zelenskiy xalqaro mukofot bilan taqdirlandi
Buyuk Britaniya Bosh vaziri lavozimini tark etish arafasida turgan Boris Jonson Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiyni Uinston Cherchill mukofoti bilan taqdirladi.
Mukofot topshirish jarayoni videokonferensiya muloqoti shaklida amalga oshirildi, deyiladi "RIA Novosti"ning Buyuk Britaniya axborot manbalariga asoslangan xabarida.
Xabarda qayd etilishicha, yetakchilik mahorati uchun e’tirof sifatida beriladigan Cherchill mukofotiga shahzoda Charlz, afsonaviy sobiq bosh vazir Margaret Tetcher, bir vaqtlar AQSH davlat kotibi bo‘lib ishlagan Madlen Olbrayt, sobiq amerikalik senator Jozef Liberman kabi taniqli siyosatchilar munosib ko‘rilgan.
Eslatib o‘tamiz, Boris Jonson tark etayotgan lavozimiga yangi rahbar saylagandan keyingina faoliyatini yakunlashini ma’lum qilgan.