Zelenskiy va Tramp uchrashadi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Qo‘shma Shtatlar yetakchisi Donald Tramp bilan uchrashuv o‘tkazish rejalashtirilayotganini ma’lum qildi.
Bu haqda u o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ta’kidlagan.
Qayd etilishicha, tomonlar Rossiya-Ukraina nizosi, yangilangan tinchlik rejasi va boshqa mintaqaviy mavzular yuzasidan fikr almashadi.
“The Kyiv Post” nashri mazkur uchrashuv 28 dekabr kuni bo‘lib o‘tishini yozib chiqdi.
D.Hakimov, O‘zA