Ukraina va Fransiya Prezidentlari Vladimir Zelenskiy va Emmanuel Makron telefon orqali muloqot qilib, Kiyevning NATO a’zoligiga tezroq qabul qilinishi va boshqa masalalarni ko‘rib chiqishdi. Bu haqda Ukraina davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.
“Ukraina xavfsizligini ta’minlash zarurligi asnosida Zelenskiy davlatimizning NATOga a’zo bo‘lish uchun bergan arizasi masalasini ko‘tardi. Rahbarlar kelasi hafta Pragada Yevropa siyosiy hamjamiyati sammiti va Yevropa kengashi norasmiy yig‘ilishini o‘tkazishni muhokama qiladilar”, deyiladi bayonotda.
Ukraina yetakchisi Makronga Kiyevga harbiy yordamni kuchaytirish zarurligini ham aytib o‘tdi.
Ikki davlat yetakchilari suhbat davomida Zaporoje atom stansiyasi, Donetsk va Lugansk xalq respublikalari, Zaporoje va Xerson viloyatlarida bo‘lib o‘tgan Rossiya tarkibiga qo‘shilish bo‘yicha referendum haqida ham bahs etdilar.
Zelenskiy, shuningdek, to‘qqizta sharqiy Yevropa davlati rahbariga Ukrainaning NATOga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatlagani uchun ijtimoiy tarmoq orqali minnatdorlik bildirgani ma’lum qilindi.
O‘zA