Prezident Vladimir Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina 2027 yil Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi mumkin.
– YeIga qo‘shilishimiz butun qit’a xavfsizligining asosiy kafolatidir, – degan u. – Axir, Yevropaning umumiy qudrati qisman Ukrainaning xavfsizlik, texnologiya va iqtisodiyotga qo‘shgan hissasiga bog‘liq. Shuning uchun aniq sana – 2027 yil haqida gapiryapmiz va hamkorlarimiz bizni qo‘llab-quvvatlashiga ishonamiz.
Ushbu bayonotni Zelenskiy Avstriya kansleri Kristian Shteker bilan uchrashuv chog‘i bergan. Shuningdek, u suhbatdoshiga Ukraina, Amerika va Rossiya delegatsiyalarining Birlashgan Arab Amirliklarida kechgan uch tomonlama uchrashuvi haqida ham ma’lumot bergan.
– Birinchi navbatda harbiy masala muhokama qilindi, keyin xavfsizlik kafolati mavzusi ham ko‘tarildi, – deya ta’kidlagan Ukraina yetakchisi.
Zelenskiy va Shteker energetika bilan bog‘liq vaziyat haqida ham gaplashgan. – Rossiya har kuni energetika tizimiga hujum qilib, ukrainaliklarni toksiz, issiqliksiz qoldiryapti, – degan Ukraina rahbari. – Hamkorlarimiz bunga javob berishi juda muhim. Shu nuqtai nazardan Avstriya o‘tgan hafta energetika sohamizni qo‘llab-quvvatlash uchun mablag‘ ajratganini juda qadrlaymiz.
G.Sattorova, O‘zA