Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zelenskiy: Ukrainaning yagona orzusi – nizoning tugashi
13:12 / 2025-12-26

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rojdestvo bayrami arafasida o‘z xalqiga qilgan murojaatida ukrainlarning yagona orzusi tinchlik va adolat ekanligini ta’kidladi.

– Ukrainlar o‘z yeri va oilasi bag‘rida tinch-totuv yashashni istaydi xolos, -dedi u.

Nutq Rossiyaning navbatdagi hujumlari fonida yangradi. Rojdestvo arafasida Ukraina hududlariga 130 dan ortiq dron uchirildi.

Shuningdek, Zelenskiy ziddiyatni tugatishga qaratilgan tinchlik rejasi bo‘yicha AQSH bilan ayrim kelishuvlar mavjudligini ham ma’lum qildi. Biroq Donbas hududlari va Zaporoje atom elektr stansiyasi masalasi hanuz eng og‘ir nuqta bo‘lib qolmoqda. RF esa o‘z talablaridan voz kechmayapti.

Musulmon Ziyo, O‘zA