Zelenskiy: Ukraina YeIga qo‘shilish uchun hamma narsaga tayyor
Prezident Vladimir Zelenskiy Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga kirishi bo‘yicha muzokara masalasini ilgari surish uchun hech narsadan qaytmasligini ta’kidladi. Bu haqda "Euronews" yozgan.
– Hech kim Ukrainani bu yo‘ldan to‘xtata olmaydi, – degan u. – Hammasi birlikka bog‘liq. Qo‘limizdan keladigan barcha ishni qilamiz. Shuningdek, bizga boshqa barcha yetakchilarning ham yordami kerak.
Zelenskiy Daniya Bosh vaziri Mette Frederiksen, Yevropa kengashi rahbari Antonio Kosta va Yevropa komissiyasi yetakchisi Ursula fon der Lyayen bilan jarayonni yanada jadallashtirish uchun suhbatlashdi.
Frederiksen YeIga qo‘shilishida Kiyevni qat’iy qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi.
Musulmon Ziyo, O‘zA