Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zelenskiy Ukraina bo‘yicha tinchlik rejasini ma’lum qildi
17:26 / 2025-12-24

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya bilan nizoni tugatishga qaratilgan 20 banddan iborat tinchlik rejasini e’lon qildi, deb xabar bermoqda “DW” nashri.

Hujjatda mamlakat suverenitetini tasdiqlash, RF va Ukraina o‘rtasida hujum qilmaslik kelishuvini imzolash, uzoq muddatli xavfsizlik kafolatlarini joriy etish keltirilgan. Qurolli kuchlar soni tinch davrda 800 ming nafar etib belgilanishi taklif qilinmoqda.

Shuningdek, dasturda Ukrainaga AQSH, NATO va Yevropa davlatlari tomonidan xavfsizlik kafolatlari berilishi, o‘lkaning aniq muddatlarda Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishi, iqtisodiy tiklanish uchun yirik moliyaviy fondlar tashkil etilishi ko‘zda tutilgan. Shu bilan birga, Ukraina o‘zining yadrosiz davlat maqomini tasdiqlashi qayd etilgan.

Bundan tashqari, rejada asirlar almashinuvi, dengiz yo‘llaridan erkin foydalanish, saylovlar o‘tkazish va to‘liq o‘t ochishni to‘xtatish masalalari ham o‘rin olgan. 

D.Hakimov, O‘zA