Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zelenskiy Trampga ishonmayapti
18:59 / 2023-06-16

Vladimir Zelenskiy “NBC” telekompaniyasiga bergan intervyusida sobiq Prezident Donald Trampning “...qayta saylansam, 24 soat ichida Ukraina mojarosini to‘xtataman”, deya bergan va’dasiga ishonmasligini ta’kidladi.

Tramp mitinglarda “Agar 2024 yil saylovda g‘alaba qozonsa, inauguratsiyani ham kutib o‘tirmay, Zelenskiy va Putin bilan telefonlashib, tinchlik o‘rnatish bo‘yicha kelishib olishini qayta-qayta takrorlagan.

“Nima uchun bu ishni avval qilmadi, urush ketayotgan payt ham prezident edi-ku”, - deya keltiradi telekanal Zelenskiyning Tramp haqidagi fikrini. Ukraina yetakchisi bu so‘zlari bilan 2014 yil Donbassda kechgan harbiy harakatni nazarda tutgan.