Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zelenskiy Tramp bilan tez kunlarda uchrashishini e’lon qildi (+video)
19:18 / 2025-12-26

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSH prezidenti Donald Tramp bilan tez orada uchrashishini e’lon qildi. “Biz bir kun ham vaqtni boy bermaymiz. Yaqin kunlar ichida Tramp bilan yuqori darajadagi uchrashuvga kelishib oldik. Yangi yilgacha ko‘p narsa hal bo‘lishi mumkin,” - dedi Zelenskiy.

Prezident maxsus vakil Stiv Uitkoff va Tramp maslahatchisi Jared Kushner bilan telefonda suhbat o‘tkazganini bildirar ekan, “ishning ayrim jihatlarini gaplashib oldik. Hamkorlik va barqaror tinchlik o‘rnatish uchun yaxshi g‘oyalar bor,” degan.  

Zelenskiy e’lon qilgan 20 ta banddan iborat hujjat joriy front chizig‘ini muzlatishni nazarda tutadi. Shu bilan birga, u qo‘shinlarni olib chiqib ketish va demilitarizatsiya qilingan hududlar yaratish imkoniyatini ochadi. Ammo, ayrim axborot manbalari, masalan Bloomberg 24 dekabr kuni Rossiya rahbariyatiga yaqin manbalarga tayanib, Kreml mazkur tinchlik rejasini qabul qilmadi, deb xabar tarqatdi. Rossiya TIVi rasmiy vakili Mariya Zaxarova esa Bloomberg ma’lumotini yolg‘on deb atadi. Demak, rasmiy vakilning bu gaplaridan keyin Tinchlik rejasi bo‘yicha ishlar davom etayapti, deb xulosa qilish mumkin.  

Esingizda bo‘lsa, noyabr oyida Donald Tramp samarasiz muzokaralardan bezganini, shu bois Ukraina va Rossiya prezidentlari bilan faqat tinchlik o‘rnatish bo‘yicha bir qarorga kelishganidan keyingina uchrashmoqchi ekanini aytgan edi. Zelenskiyning Tramp bilan to‘satdan uchrashish rejasining paydo bo‘lishi esa, Tinchlik rejasi bo‘yicha muhim qarorga kelinganini anglatadi.  

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/n0EX0bONWUo" title="Zelenskiy Tramp bilan tez kunlarda uchrashishini e’lon qildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Kenja Bekjonov, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA