Zelenskiy Si Szinpin bilan Ukraina mojarosini yuzma-yuz muhokama qilmoqchi
Vladimir Zelenskiy XXR raisi Si Szinpin bilan Ukraina mojarosini yuzma-yuz bo‘lganda muhokama qilish istagini ma’lum qildi.
"Bu mavzu haqida yuzma-yuz bo‘lganda gaplashgan bo‘lardim. Men Si Szinpin bilan bir marta suhbatlashganman, u bir yil avval bo‘lgan edi", - dedi Zelenskiy Xitoyning South China Morning Post nashriga bergan intervyusida.
Uning ta’kidlashicha, Rossiya Ukrainada maxsus harbiy amaliyot boshlaganidan keyin "Xitoy bilan hech qanday muloqot bo‘lgani yo‘q". "Lekin suhbatlashsak foydali bo‘lardi, deb hisoblayman", - deya qo‘shimcha qilgan u.