Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zelenskiy samolyotini noma’lum dronlar ta’qib qildi
16:45 / 2025-12-05

Irlandiya hukumati Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning samolyoti noma’lum dronlar tomonidan kuzatilganini aniqladi. Bu haqda Prezident maslahatchisi Dmitriy Litvin ma’lum qildi.

Manbalarga ko‘ra, 1 dekabr kuni Dublinga qo‘nish arafasida bir necha dron Ukraina yetakchisi uchog‘iga orqa tomondan yaqinlashib kelgan. Irlandiya harbiy-dengiz kuchlari ushbu dronlarni qayd etgan. Binobarin, o‘zi uchar qurilmalar Zelenskiy samolyotiga xavf solmagan.

Irlandiya xavfsizlik xizmati ayni payt dronlar quruqlik yoki dengizdagi biror kemadan uchirilganini aniqlayapti.

D.Hakimov, O‘zA