Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zelenskiy RF va Xitoyga qarshi sanksiyalar qo‘llamoqchi
14:25 / 2025-12-23

Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev joriy yil oxiriga qadar Rossiya harbiy sanoati vakillari va uni qo‘llab-quvvatlovchi xorijiy tashkilotlarga qarshi yana bir nechta cheklovlar joriy etish niyatida.

Zelenskiy ta’kidlashicha, bu nafaqat RF fuqarolariga, balki rus harbiy-sanoat majmuasi bilan hamkorlik qiluvchi xitoylik shaxslarga ham tegishli. Shuningdek, u sanksiyalar ziddiyat bo‘yicha Rossiya ta’sirini targ‘ib qiluvchi turli OAV va o‘zlarining jamoatchilik profilidan foydalanadigan sportchilarga ham qarshi bo‘lishi mumkinligini aytdi.

Ukraina yetakchisi yangi sanksiyalar paketini tayyorlashda YeI bilan yaqin hamkorlik qilayotganini ma’lum qilgan. 

S.Rahimov, O‘zA