French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zelenskiy RF bilan energetik tanaffusga erishilganini tasdiqladi
13:45 / 2026-01-30

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy qish mavsumida Ukraina va Rossiya o‘rtasida energetika infratuzilmasiga zarba berishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishilganini tasdiqladi. Bu haqda u ijtimoiy tarmoqdagi bayonotida ma’lum qilgan.

Zelenskiy AQSH Prezidenti Donald Trampning vositachilik sa’y-harakatini yuqori baholab, Kiyev va boshqa shaharlarni himoya qilish imkoniyati haqidagi bayonotini olqishladi. Uning ta’kidlashicha, hayot garovi sifatida energetikani saqlab qolish biz uchun o‘ta muhim.

Ushbu masala Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib o‘tgan bo‘yicha muzokara chog‘i muhokama qilingan.

– Kelishuv bajarilishidan umidvormiz, – dedi Ukraina rahbari. – Bunday sa’y-harakatlar urushni yakunlash sari qo‘yilayotgan haqiqiy qadamdir.

Kuzatuvchilar fikricha, energetik tanaffus qishning eng sovuq pallasida tinch aholini asrash, keng ko‘lamli siyosiy kelishuvga zamin yaratish nuqtai nazaridan juda dolzarb hisoblanadi.

D.Hakimov, O‘zA