Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zelenskiy Putinning shartiga ko‘nmoqchi emas (+video)
20:26 / 2025-10-24

Prezident Vladimir Zelenskiy Bryusseldagi sammitda Rossiyaga hech qanday hududiy imtiyoz berilmasligini aytdi. “Euronews” yozishicha, Ukraina yetakchisining bu bayonoti Moskva urushni to‘xtatishni rad etib, YeI va AQSH RFga nisbatan yangi sanksiya kiritgandan so‘ng yangragan.

Kreml talabini o‘zgartirmayapti: Qrim, Donetsk, Lugansk, Zaporoje va Xerson ustidan nazoratni saqlab qolish niyatida.
AQSH matbuoti Putin Trampga yangi taklif berganiga e’tibor qaratgan. Ya’ni, Ukraina o‘z nazoratidagi Donbassning bir qismini topshirishi, evaziga Xerson va Zaporoje viloyatlarining kichik hududiy qismini olishi kerak.
Gap mamlakat sharqidagi Donetsk viloyati haqida ketyapti. Lugansk bilan birga Donbass deb ataladigan, yirik sanoat mintaqasi hisoblangan bu hududni ruslar 2014 yildan beri to‘liq nazoratga olishga urinib kelyapti.

Zelenskiy fikricha, urushni joriy front chizig‘i bo‘ylab muzlatish ayni dam eng maqbul, muvozanatli yechim bo‘lishi mumkin. Ayni qarorni u harbiy harakat to‘xtatilishi yo‘lidagi birinchi qadam sifatida ko‘rayotganini bildirgan.

– Afsuski, Putin bu taklifni qo‘llab-quvvatlashiga ishonchim yo‘q, – degan  Zelenskiy.

Ma’lumotlarga qaraganda, Kiyev Ukraina hududida darhol va hech qanday shartsiz otashni to‘xtatish uchun eng to‘g‘ri yo‘l deb hosblanayotgan ayni yondashuvni Tramp bilan kechgan ilk muzokaradanoq ilgari surib keladi. Keyingi bosqichda esa Zelenskiy va Putinning to‘g‘ridan-to‘g‘ri suhbati nazarda tutilgan.

Kreml mazkur rejaga ko‘nmadi. Shundan so‘ng Moskvaga bosimni kuchaytirish va ruslarni hujumni to‘xtatishga majburlash maqsadida AQSH “Rosneft” va “Lukoyl” ga sanksiya joriy etdi. Bu haqda Qo‘shma Shtatlar moliya vaziri Skott Bessent shunday dedi:

– Putin bema’ni urushni to‘xtatishdan bosh tortgani uchun Kremlning harbiy mashinasini moliyalashtirayotgan ikki yirik rus neft kompaniyasiga sanksiya qo‘llaymiz.

Putin jurnalistlar bilan uchrashuvda qayd etishicha, “bu cheklovning jiddiy ta’siri sezilmaydi”.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/koQTsDku98Y" title="Zelenskiy Putinning shartiga ko`nmoqchi emas" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Kenja Bekjonov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA